Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Iyul, 2010

«Shahzod» guruhining navbatdagi shodiyonasi!

Shahzod guruhiKuni kecha «Shahzod» guruhining mashhur bastakori Shuhrat Zokirov katta hayotga qadam qo'ydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki uning iyul oyining 27-sanasida visol oqshomi bo'lib o'tdi. Biz «Shahzod» guruhining solisti Rashid Xoliqov bilan bog'langanimizda, ayni o'sha dam to'yda ekanliklari shundoq bilinib turgandi. Shunday bo'lishiga qaramasdan biz Rashid akadan to'y tafsilotlari to'g'risida to'xtalib o'tishini iltimos qildik.

U kishining gaplariga qaraganda to'yda estradamizning bir qancha xonandalari Shuxrat Zokirovni nikoh to'yi bilan qutlash uchun tashrif buyuribdi. Eng qizig'i shodiyonada qiziq voqealar ham sodir bo'libdi. Kelin-kuyov sahnada raqs tushayotgan vaqtda so'z ustasi Shukrullo Isroilov o'g'li bilan ularning o'rindig'iga o'tirvolishib, o'rindiqdan ancha vaqtgacha turmabdilar. Biz ushbu to'y tafsilotlaridan sizning hukmingizga fotosuratlar taqdim etmoqchi edik. Afsuski buni hozircha imkoniyatini qila olmadik. Ajabmas tez orada buni ham ilojini topsak.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *