Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Sen, 2010

Shahzod G'ulomovning so'nggi ijodiy ishlari biz bilan bo'ldi!

Radius 21 va NigoraHozirgina telefon orqali xonanda Nigora (Oybek & Nigora) bilan suhbatlashdik. Bugun Nigora o'zining tavallud kunini nishonlayotgan edi…

Nigora: «Radius 21″ guruhining yakkaxoni Shahzod aka G'ulomovning halok bo'lganini menga Kamola Oripova telefon orqali ma'lum qildilar. Avvaliga umuman ishonmadim. Shok holatiga tushib qoldim. Chunki o'tgan kuni Shahzod aka bilan birgalikda saundtrek uchun klip suratga olgan edik. (Eslatib o'tamiz, Mo'min Oripovning so'nggi hamkori aynan Nigora bo'lgan edi.) Saundtrek g'oyasi ham Shahzod aka tomonidan yaratilgan edi. Kechagina birga yurgan yaqin insoning bugun yoningda bo'lmasa, alam qilarkan. Shunday yaxshi insonni ulug' kunlarda ketganlaridan to'g'ri xursand ham bo'ldim. Yangi film uchun ishlangan saundtrek shou-biznes olamida qilgan ijodiy ishlarining so'nggisi bo'lib qoldi…
(Xonanda Nigora biz bilan bo'lgan suhbat davomida ko'z yoshlarni tiyib tura olmadi.)

Shuningdek, bir necha daqiqa ilgari bastakor hamda xonanda Jakhongir.Uz bilan ham telefon orqali suhbatlashdik. Jakhongir.Uz ham Shahzod G'ulomovning oila a'zolariga sabr toqat, jajji farzandini esa tuzalib ketishini Allohdan so'radi.

Radius 21 va Nigora

P.S.: Hozirda barcha shou-biznes olamining vakillari Shahzod G'ulomovning Bo'ka shahridagi uyida yig'ilishmoqda. Janoza namozi qachon o'qilishi esa hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Shahzodning jajji o'g'li ham 16-shahar shifoxonasida og'ir ahvolda hayot bilan kurashmoqda. Uning ham tuzalib ketishini Yaratgandan so'rab qolamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 87 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *