Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzod Azimov yangi klip suratga tushirdi!
6 Dek, 2013

Shahzod Azimov yangi klip suratga tushirdi!

Shahzod Azimov - Sevib sevilmayUmidli xonanda Shahzod Azimovdan yaqindagina bir videoklipni taqdim etgan edik va u haqida bir qator ma’lumotlar ham berib o’tgan edik. Yosh ijodkor o’z ijodini yuksaltirish maqsadida ketma-ket yangi qo’shiqlar yozmoqda. Ulardan eng saralariga esa albatta klip ham suratga tushirmoqda. Bugun sizlarga Shahzod Azimovdan yangi suratga tushirilayotgan klip haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Mana oradan ko’p o’tmay Shahzod Azimov yana bir yangi qo’shig’iga klip suratga tushirdi. «Sevib-sevilmay» — Shahzod Azimovning yangi qo’shig’i aynan mana shunday nom oldi. Qo’shiq xonandaning o’ziga manzur kelgach, unga klip suratga tushirish rejasi tuzildi. Bir necha kun avval tasvirga olish ishlari bo’lib o’tgan mazkur klipning suratga olish jarayonidan bir qator fotosuratlarni bugun biz siz azizlar e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Tez kunlarda klip ham tayyor bo’ladi va biz sizlarga klip ham havola qilamiz. Portalimizni kuzatishda davom eting!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 528 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *