Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Yan, 2008

Shahriyor «Tashlandiq»mi???

TashlandiqIste’dodli kinorejissor Bahrom Yoqubov o’zining yangi kinofilmini suratga olish hamda montaj jarayonini yakuniga yetkazdi. Film avval aytib o’tganimizdek «Tashlandiq» deb nom olgan. Qiziq, kim tashlandiq???

Film rejissori Bahrom Yoqubov bilan biz bog’langanimizda bu haqda hech narsa deyishni istamadi. Vaqti kelganda kim tashlandiq ekanligini bilib olishimiz mumkinligini ma’lum qildi, xalos. Mazkur kartinada siz Bobur Yo’ldoshev hamda Ra’no Yarasheva juftligidagi voqeaga duch kelasiz va o’zingiz bilmagan holda filmning ichiga siz ham kirib ketishingiz hech gap emas. Har bir aktyor o’ziga yuklatilgan ma’suliyatga jiddiy yondoshgan holda obrazlarni maromiga yetkazib ijro etishgan.
«Tashlandiq» kartinasi tragikomediya janrida suratga olingan ilk o’zbek filmi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida ham tragedik voqealar, ham yumorga boy sahnalar… qiziq-a? Hali bu biz bilgan kichik bir ma’lumotlar xalos, ammo oldindan bundanda qiziq ma’lumotlar hamda sirlar borligi shubhasiz. Darvoqe, filmdagi bosh rollardan birini Shahriyor ijro etgani hammaga ma’lum, lekin film aynan shu xonandaning qo’shiqchilik borasidagi yo’nalishi, ya’ni repga hos ekanligini endi biz sizga ma’lum qilishimiz mumkin. Yanada qiziqroq xabarlarni esa tez orada bilib olasiz.

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Tashlandiq

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *