Sevinch Mo’minovaning yakkaxon konserti!
Go’zal xonanda hamda aktrisalik qobiliyatiga ega bo’lgan Sevinch Mo’minova ijodidan so’nggi yangilik! Tez kunda Sevinch yakkaxon konsert dasturini namoyish etadi…Filmdagi bir necha o’ziga xos rollari bilan ozmi-ko’pmi muxlislariga ega bo’lgan xonanda Sevinch Mo’minova 10-11-12 iyun kunlari muhtasham «Istiqlol» san’at saroyida «Olib ket» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan. Hozirda ushbu konsertga qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda. Sevinch konsertga tashrif buyurgan muxlislari uchun ajoyib sovg’alar ham tayyorlab qo’ygan.