Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Sen, 2006

Sevara Nazarxon endi kelin!!!

Sevara Nazarxon baxt to'yiHali hamon davom etayotgan ajoyib to’ydan eksklyuziv ma’lumotlar. Sevara Nazarxon hamda Bahrom Pirimqulovlarning nikoh kechasi haqida.

«O’zbekiston» mehmonxonasining yozgi restoranida bo’lib o’tgan nikoh oqshomi juda ham ajoyib tarzda o’tdi. Taklifnomada ko’rsatilgan vaqtda, ya’ni 19:00 da to’y tantanasining ochilish qismi boshlandi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, Sevara Nazarxon hamda Bahrom Pirimqulovlar restoranning kirish joyiga yetib keldilar va soat 20:00 ga qadar mehmonlarni kutib olishdi. Birin ketin mehmonlar kela boshlashdi. Davron Ergashev, Rayhon, Shahzoda, DJ Piligrim, Farruh Zokirov, G’ulomjon Yoqubov, Karen G’ofurjonov, Aida, Ravshan Sobirov, Shahnoz, «Se*Tanho» guruhi, Shohruh, Shohruhxon, Davron G’oipov, «Shahzod» guruhi, «Sarbon» guruhi, Obid Asomov, Shukurullo Isroilov, Gulbahor Sulaymonova, Munojat Yo’lchieva, Ruslan Sharipov, Jasur Mirsagatov, Manzura, Ravshan Nomozov, Ziyod Eshonxo’jaev va yana ko’plab estrada, kino va shou-biznes yulduzlari Sevarani tabriklash uchun tashrif buyurdi.
20:00 dan so’ng to’yning ikkinchi qismi boshlandi, ya’ni Sevara Nazarxon hamda Bahrom Pirimqulovni qonuniy nikohdan o’tkazish. Tantanali ravishda har ikki tomonning roziligidan so’ng ular 1000 ga yaqin mehmonlar guvohligida er va xotin deya e’lon qilindi. An’anaga ko’ra karnay-surnay navolari ham yangrab o’tdi. So’ng davraga birin ketin tashrif buyurgan yulduzlar taklif qilina boshlandi. Eng birinchi navbatda Munojat Yo’lchieva bir juft qo’shiq kuylab ikki yoshni unutilmas nikoh oqshomi bilan muborakbod etdi.
To’y asta-sekin o’z yo’liga tushib olgach, Sevara Nazarxon va Bahrom Pirimqulovlar ham o’z joylaridan qo’zg’ala boshlashdi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, raqsga tushib o’rtani qizdirib berishdi. O’yin kulgu ayni avjiga chiqqan pallada esa ular har bir stol yoniga borib barcha tashrif buyurgan mehmonlar bilan so’rashib, suratga tusha boshlashdi (esdalik uchun)! Xullas, biz yo’lga tushganda to’y hali hamon davom etayotgan edi. Biz esa siz azizlarni bunday ajoyib to’y haqidagi ma’lumotlardan ortda qolmang degan niyatda vaqtliroq ortga qaytdik. Marhamat, Sevara Nazarxon hamda Bahrom Pirimqulovlar nikoh to’yida tushirilgan suratlardan bahramand bo’ling!

Sevara Nazarxon baxt to'yi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sevara Nazarxon baxt to'yi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Barcha fotosuratlarni ko’rish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 249 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *