Setora guruhi solisti Malika turmush qurmoqda?…
Yulduzlarning shaxsiy hayoti va ayniqsa turmush qurishi olamshumul xabar sifatida juda tez omma orasida tarqaladi. Shu jumladan Setora guruhi a'zosi Malika haqida ham bizga quyidagi habar kelib tushdi.
To'g'risi ushbu habarga qo'shimcha qilingan Malikaning kelinlik libosidagi fotosuratni ko'rib, biz ham to'y haqida o'yladik. Balki bu mish-mishdir yohud navbatdagi klip?… Bu bizga ham hozircha biroz qorong'u. Eslatib o'tamiz, Malika bir qancha vaqt muqaddam, xonanda Alisher Raxmatullaev bilan turmush qurish niyatida ekanligini ommaga oshkor qilgan edi. Ko'ramiz, bu gaplar tagida nimalar yotgan ekan. Vaqt barchasini ko'rsatadi. Quyida ushbu suratlarni sizga havola etamiz.