Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Se*Tanho» («Setora») guruhi 16 yoshda!!!
2 Mart, 2014

«Se*Tanho» («Setora») guruhi 16 yoshda!!!

Setanho 16 yoshdaO’zbek shou-biznesi olamida tub burilish yasay olgan guruh bu so’zsiz «Setora» guruhi hisoblanadi. 1998-yilning 1-mart sanasida tashkil qilingan «Setora» guruhi bir necha yillik ijodi davomida haqiqiy tarixda qoladigan hit taronalar ijro etdi va tarixda qola oldi. 1-mart kuni «Setora» guruhi tashkil topganiga 16-yil to’ldi.

2014-yilning 1-mart sanasida hozirgi «Se*Tanho» guruhining fan-klubi a’zolari va Leylining art-direktori Samir tomonidan Laylo hamda Kamila uchun ajoyib sovg’a ko’rinishida tavvalud kun uyushtirildi. Shahrimizning Sirg’ali tumanida joylashgan «Lord» restonarida «Setora» guruhining ilk tarkibi tashkil qilinganiga 16 yil bo’lganligi munosabati bilan ijodiy va bayramona tadbir uyushtirildi. Mazkur kechada Laylo hamda Kamila uchun ajoyib sovg’alar uyushtirilgan bo’lib, bular haqida hozir qisqagina to’xtalib o’tamiz. Avvalo nega faqat Laylo hamda Kamila deb yozmoqdamiz? Chunki, hozirgi kunda Feruza AQSHda istiqomat qilmoqda va o’z ijodini davom ettirmoqda. Laylo hamda Kamila esa Toshkentda. Shu sababli faqat 2 qizni ismlarini yozmoqdamiz. Demak, tashkil etilgan tadbirda Laylo va Kamila uchun sovg’a tarzida ularning yaqin do’stlari ham  Leylining art-direktori Samir tomonidan taklif qilindi. Jumladan, Ravshan Sobirov, Shoira Otabekova, Kaniza kabi estradamizning ko’zga ko’ringan vakillari tadbirga tashrif buyurishdi. Tadbirni Samir hamda maftunkor aktrisa Shahzoda Muhammedova birgalikda olib bordilar. Tadbirga tashrif buyurgan fan-klub a’zolari o’z sevimli yulduzlari bilan birgalikda esdalik uchun fotosuratlarga tushish bilan bir qatorda, birga raqsga tushish hamda ularning taronalaridan tinglab xordiq chiqarishga ham musharraf bo’ldilar.
Shuningdek, Laylo hamda Kamilla uchun eksklyuziv sovg’aga ham navbat yetib keldi. Eksklyuziv sovg’a esa Afrika qit’asi vakillari Tanzaniyadan 3 nafar qora tanli raqqoslar o’z shoularini namoyish etdilar. Bu 3 qoratanli yigitlarning shousi darhaqiqat hayratlanarli va tahsinga loyiq edi. Tashrif buyurganlar uchun haqiqiy unutilmas shou bo’ldi. Bunaqasini kamdan kam ko’rishingiz mumkin. Zero, bu afrikaliklar O’zbekistonda istiqomat qilishmaydi, maxsus taklif bilan tashrif buyurishgan edi. Quyida bizning hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda. Shu o’rinda biz ham SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan «Se*Tanho» guruhini 16 yoshi bilan chin dildan muborakbod etib qolamiz.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 611 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *