Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 May, 2008

«Se*tanho» guruhiga 10 yil!

SeTanhoShou-biznes olamiga ilk qadamlarini qo’ygan vaqtda »Setora» nomi ostida ijodni boshlagan Feruza, Komila hamda Laylo, vaqt o’tishi bilan ma’lum sabablarga ko’ra guruhni nomini ham o’zgartirishga majbur bo’lishdi. Hozirda ular «Se*tanho» nomi ostida faoliyat olib bormoqda. Aynan shu guruh tashkil topganiga bu yil 10 yil to’ladi. Lekin ayni damda guruhda Feruza hamda Komila ijod qilishmoqda…«Laylo guruhni tark etgani bilan biz ijod qilishda to’xtamaymiz. Laylo biz bilan do’stona aloqada. Har doim o’z fikrlari bilan o’rtoqlashadi», deya javob berishmoqda guruh a’zolari. Ular shu munosabat bilan «Ne bo’lsa ham» deb nomlangan qo’shiq yaratishdi va «3D studio» tomonidan ajoyib klip ham suratga olindi. Ushbu klipda guruhning ilk tashkil topgan kunidan to hozirgi kungacha bo’lgan davr tasvirlangan. Shu bilan birga guruh qizlari yangi albom ustida ham izlanishlar olib borishmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 348 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *