Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Iyul, 2006

Se*Tanho bilan amjuman yettinchi bo’ldi…

Se*TanhoBizning portalimizda uyushtirilayotgan on-line anjumanga shu kungacha faqat yakkaxon xonandalarni taklif qilgan edik. Hisob bo’yicha yettinchisi bo’lgan on-line anjumaimizda esa «Se*Tanho» guruhi qizlari mehmon bo’lishdi. Anjumanda faqatgina Laylo ishtirok eta olmadi. Sababi, o’g'lining ozgina tobi yo’q ekan…

Fotosuratlarni ko’rish

Bo’lib o’tgan anjumanni ko’rish (Full version)

«Se*Tanho» — bu guruhga muxlislarning savollari ko’pligiga hech ham shubha yo’q edi. Kutganimizdek ham bo’ldi. Muxbirimiz Matluba Musaeva tomonidan berilgan savollarga qizlardan to’liq javob olgach, muxlislar savollariga o’tildi. Albatta, muxlislar «Setora» guruhiga ularning munosabati, nega guruhning yangi nomini aynan »Se*Tanho» qo’yishgani va oilasi haqidagi savollarni berishdan cheklanmadilar. Odatiy jonli ijro ham bo’lib o’tdi. On-line chog’ida «Se*Tanho» guruhi qizlari haqiqiy on-line tizimidagi anjumanda ishtirok etganliklaridan hursand ekanliklarini ta’kidlab o’tishdi. Anjuman yakunida esa eng yaxshi savol sohibiga o’z sovg’alari bo’lmish dastxat qo’yilgan devoriy suratlarini taqdim etishlari lozim edi. Biroq, qiziqarli savollar juda ham ko’p bo’lganligi bois bir emas, naqd 10ta dastxat qo’yilgan devoriy suratlarini Shou-biznes olami portalining eng ashaddiy muxlislariga taqdim etishdi. Sovg’alarni tez kunda albatta o’z egalariga yetkazamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 105 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *