Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Se*Tanho» 15 yoshda!!!
10 Mart, 2013

«Se*Tanho» 15 yoshda!!!

Se*Tanho 15 yil«Se*Tanho» guruhi 1 mart kuni o’zining 15 yilligini nishonladi. Aniqrog’i, ularning muxlislari sobiq «Setora»chilarga kutilmagan sovg’a qilib, guruhning 15 yilligini tashkillashtirishdi. «Se*Tanho» a’zoalari Laylo va Kamilla uchun bu mutlaqo kutilmagan sovg’a bo’ldi. Feruza esa hali hamon Amerikada.

Biz ham SB.uz portali vakillari «Se*Tanho»ni ajoyib yubileyi bilan muborakbod etish maqsadida tashrif buyurgan edik. Aslida 1 mart kuni taqdim etilishi lozim bo’lgan yangilik mana bugun havola etilmoqda. Hechdan ko’ra kech, degan naqlga amal qilgan baribir yaxshi. Turli ishlar bilan ovora bo’lib, o’z vaqtida yangilikni havola qila olmaganligimiz uchun muxlislardan uzr so’rab qolamiz. Juda ham ko’tarinki ruhda o’tgan ushbu kichik ziyofat va uchrashuvda asosan «Se*Tanho» muxlislari tashrif buyurishdi. Shuningdek, ularni muborakbod etgani o’zbek estradasi vakillari ham birin-ketin «Chine Town» restoraniga kirib kelishdi. Ular orasida Shoira Otabekova hamda Shahnozni uchratishingiz mumkin edi. Har bir tashrif buyurgan «Se*Tanho»ning do’stlari o’zlarining tabriklarini izhor etishdi. Biz ham shu qatorda yana bir bor «Se*Tanho» guruhini muborakbod etib qolamiz. Biz sizlarni qadrlaymiz, yaxshi ko’ramiz. Avvalgi mavqeingiz yana albatta o’z o’rniga qaytadi va biz uchun hit taronalarni taqdim etishda davom etasiz, degan umiddamiz.

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil

Se*Tanho 15 yil


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 530 ta o'qildi | 2 izohlar.

COOL.SB.uz -

2 Izohlar

  1. setanho betakror uladaka guruh bo’magan bo’lomidi hech qachon ula haqiqiy number one

  2. Se*tanho gruhiga doim omad yor bulsin

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *