Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Sensiz» taronasi prem’erasi bugun va ertaga!
30 Okt, 2013

«Sensiz» taronasi prem’erasi bugun va ertaga!

Yoqubbek QudratovYosh estrada xonandasi Yoqubbek Qudratov doimiy ravishda o’z ustida izlanishda davom etmoqda. Har doim yangidan yangi qo’shiqlar kuylab, ularga kliplar suratga tushirib, keng omma e’tiboriga tortiq etib kelmoqda. Mana bugun ham Yoqubbekdan yangilikni sizlarga yetkazishga tayyor turibmiz.

Demak, Yoqubbekdan yana bir yangilik: umidli xonanda o’zining navbatdagi «Sensiz» nomli taronasini taqdim etish arafasida turibdi. Ahmad Hojimatov musiqasi, Tohir Muhammad so’zi bilan kuylangan ushbu taronaning ilk tinglovchisiga aylanish imkoniyati sizda mavjud. Qanday qilib deysizmi? Juda ham oson: bugun 30 oktyabr kuni soat 20:30da FM 88,4 «Navro’z» radiosini tinglang va «Sensiz» taronasi prem’erasidan bahramand bo’ling. Ertaga 31 oktyabr kuni soat 18:20da esa FM 101 «O’zbegim taronasi» radiosida ham yangi qo’shiq prem’erasi bo’lib o’tadi. O’tkazib yubormang va qo’shiqqa baho bering!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 513 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *