Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Mart, 2006

SENSATSIYA DAVOM ETMOQDA! BATAFSIL ICHKARIDA!

SogdianaMaftunkor xonandamiz Sogdiana «Yulduzlar fabrikasi 6″da ishtirok etayotgani hech kimga sir emas. Bu voqea hatto yilning eng sensatsion voqeasi deya ta’riflanmoqda. Uning har bir chiqishini butun o’zbek shou-biznesi ixlosmandlari sabrsizlik bilan kutayotgani ham bizga ayon. Jumladan, kuni kecha Reflex bilan chiqishi ham juda zo’r bo’ldi! Biz sizga ushbu teleloyiha haqida ekslyuziv ma’lumotlar berishda davom etamiz. Hatto Sogdiana «Reflex» guruhi bilan ijro etgan «Tansi» qo’shig’i yakuniy konsertni eng yaxshi chiqishi deya e’tirof etilmoqda. Bu faqatgina boshlanishi. Hali oldinda Brayn Adamsning tashrifi kutilmoqda. Bu haqda keyinroq! Biz esa Sogdianani qo’llab-quvvatlashda davom etamiz. Qanday qilib deysizmi? MTV.Ru hamda Fabrika-6.Ru saytlarida ovoz berish imkoniyati bor. Kirib sevimli xonandamizga ovoz bering! Darvoqe, «Yulduzlar fabrikasi-6″ ijro etgan Gimnni hamda «Chasiki» qo’shig’ini, «Reflex» bilan ijro etgan duetni eksklyuziv tarzda saytimizning «Fayllar bazasi» sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin. SogdianaSogdiana – bu maftunkor xonanda bir kun kelib “Yulduzlar fabrikasi”da ishtirok etadi, deb kim ham o’ylabdi deysiz. Ammo, Sogdiana bu nufuzli tanlovda ishtirok etish uchun oz-muncha yo’lni bosib o’tmadi. Kamina Mirtohir Mirg’ulomov Sogdiananing matbuot kotibi bo’lganligim bois ham bu yo’l qanday qiyin va mashaqqatli yo’l bo’lganligini bilaman. Bundan bir qancha vaqt muqaddam, ya’ni fevral oyining boshlarida Rossiyaning bir qancha yirik shaharlarida “Yulduzlar fabrikasi 6” teleloyihasiga sinovlar bo’lib o’tdi. Sogdiana Rossiya poytaxti Moskvada o’tkazilgan sinovlarda ishtirok etdi. Birinchi sinovlarni topshirayotganda bu maftunkor, iste’dodli, toshkentlik qiz “Yulduzlar fabrikasi 6” musiqiy prodyuseri Viktor Drobishda katta qiziqish uyg’otdi. Uning shirali ovozi va yuksak iste’dodiga Drobish ham tan berdi. Bu fikrni isboti tariqasida kuni kecha MTV telekanali orqali “Yulduzlar fabrikasi 6”ga bag’ishlangan ko’rsatuvlarning biridagi Drobishning so’zlarini keltirib o’tishimiz mumkin. Janob Drobish Sogdianaga: “Men seni qo’shiqni qanday ijro etishingni hech aytganmanmi?”. Sogdiana (ajablanib): “Yo’q?!”. Viktor: “Prosto, SUPER!!!”.
 Yulduzlar fabrikasiXullas, birinchi sinovlarni topshirib Toshkentga qaytgach Sogdiana o’z ishi bilan, ya’ni ijod bilan shug’ullanib yuraverdi. Yangi ikki qo’shiq yaratdi. Bu qo’shiqlar hali efirga uzatilmadi. Hatto ulardan biriga klip ishlash rejasi ham tuzilgan edi. Biroq, klipni endi suratga tushiramiz deb turilgan bir vaqtda Sogdiana birinchi bosqichdan o’tganligi haqida xabar keldi. So’ng mana shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari uchun 17 fevral kuni matbuot anjumani o’tkazishga qaror qildik. Matbuot anjumaniga hamma narsa taxt edi. Lekin anjumanga ikki kun qolganda matbuot anjumanini yo’qqa chiqarishga to’g’ri keldi. Sababi, voqealar rivoji qanday yakunlanishi bizga qorong’u edi. Agarda “Yulduzlar fabrikasi”da ishtirok etmaganida faqatgina kulguga qolardik, xolos.
 Shunday qilib Sogdiana 27 fevral kuni ikkinchi, ya’ni sinovlarning final bisqichiga yo’l oldi. 5000dan ziyod talabgorlar ichidan atigi 17 nafar eng iste’dodli yigit va qizlar tanlab olindi: Viktoriya Kolesnikova, Mila Kulikova, Denis Petrov, Roman Arxipov, Aleksandra Gurkova, Aleksey Xvorostyan, Aleksey Korzin, Anastasiya Shevchenko, Arina Rijenkova, Arseniy Borodin, Dmitriy Koldun, Yuliya Lisenko, Olga Varonina, Proxor Shalyapin, Sabrina Gadjikaibova, Zara va albatta Sogdiana! Bu xabarni 9-mart kuni soat 12:52da Moskvadan qo’ng’iroq qilgan Sogdiana quvonch bilan menga yetkazdi va “Yulduzlar fabrikasi”da qo’ldan kelgancha uzoqroq ushlanib turishga va’da berdi.
 11 mart kuni soat 21:20da start olgan “Yulduzlar fabrikasi”ni nazarimda butun O’zbekiston diqqat bilan kuzatib bormoqda. Sogdiana ijodiga qiziqmagan, hatto o’zbek shou-biznesini xush ko’rmaydigan yurtdoshlarimiz ham “Yulduzlar fabrikasi 6”ga bag’ishlangan ko’rstuvni qoldirmay ko’rib bormoqda. Bu nafaqat Sogdiananing yutug’i, balki butun o’zbek shou-biznesining yutug’idir! Axir aynan mana shu loyiha orqali o’zbek shou-biznesi ham jahon estradasiga qo’shilishi mumkinda. Bundan avval nega hech bir o’zbek estradasi vakili “Yulduzlar fabrikasi”da ishtirok etish uchun harakat qilib ko’rmagan degan fikr sizda ham tug’ilgan bo’lishi tabiiy. Yo’q, estradamizning bir qator ko’zga ko’ringan yulduzlari (ismlarini sanab o’tirmaymiz, yo’qsa bizdan hafa bo’lib qolishlari mumkin) “Yulduzlar fabrikasi”ning avvalgi sonlarida ishtirok etish uchun sinov topshirishgan. Biroq, ularning hech biri loyihada ishtirok etishga loyiq deb topilmagan. Kim biladi deysiz, balki bu Sogdiananing kelajagi porloqligidan va o’sha san’atkorlardan iste’dodliroq ekanligidan dalolatdir.Yulduzlar fabrikasi
 Sogdiana “Yulduzlar fabrikasi”da nimalarga qodir ekanligini hammaga ko’z-ko’z qilmoqda. MTV.ru sayti orqali e’lon qilingan so’rovnoma bo’yicha ikki haftadan ko’proq birinchi o’rinni egallab turganini o’zi katta gap! To’g’ri bunda siz aziz hamyurtlar, muxlislar va hatto estradamizning ko’zga ko’ringan yulduzlarining hizmati beqiyos bo’ldi. Estradamiz yulduzlari deganda ko’pchilik hayron bo’lishi mumkin. Gap shundaki, Sogdianani nafaqat hamyurtlarimiz, muxlislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, hatto yulduzlarimiz ham qo’llab quvvatlashmoqda. Jumladan, Samandar (Amerikadan turib), Yayra, Aziza, Yasmina, Sardor Rahimxon, Ulug’bek Rahmatullaev, Masrur Usmonov, Jakhongir.uz va boshqa juda ko’plab san’atkorlarimiz internet orqali ovoz berishmoqda! “Odin za vsex, vse za odnogo” deganlari shu bo’lsa kerak. Yo’llanayotgan ovozlarni qo’ldan kelgancha o’rganib chiqdim. Ovozlarning asosiy qismi shubhasiz O’zbekistondan, shuningdek Rossiya, AQSH, Shveytsariya, Koreya, Tojikiston, Qirg’iziston va boshqa davlatlardan kelmoqda. Bu degani Sogdianani bugun jahon miqyosida tanishadi va yer yuzining deyarli har bir joyidan turib qo’llab-quvvatlashmoqda. Ammo, nohaqliklar har joyda bo’lar ekan. Rossiya ham bundan mustasno emasligi ma’lum bo’ldi. Bu fikrni keltirib o’tishimning sababi Sogdiana MTV.ru saytida birinchi o’rinni egallab turgan bir paytda, ya’ni Shanba kuni (25 mart) haftalik yakuniy konsert dasturida MTV tomoshabinlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomani g’olibasi sifatida Aleksandra Gurkova e’tirof etildi. Vaholanki, Aleksandra reyting bo’yicha ro’yhatning o’rtalaridan o’rin egallagan edi. Nima bo’lganda ham Sogdianaga o’sha MTV telekanali tomonidan taqdim etilgan baraban kerak emas edi. Ammo, butun dunyo ko’rib turgan haqiqatni yashirish, bu insofdan emas! Eng asosiysisi shuncha odamning mehnatiga achinasan kishi. Axir 130 mingdan oshiq ovoz yo’llashning o’zi emas. Mayli, biz ortga chekinmaymiz. Shunday emasmi?! Biz ovoz berib, sevimli yulduzimizni qo’llab-quvvatlashda davom etishimiz lozim.
 25 mart kuni Sogdiana Rossiyaning mashhur guruhi hisoblanmish “Reflex” bilan ijro etgan “Tansi” qo’shig’i konsert dasturining eng yaxshi musiqiy chiqishi deya mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqdi. Bunga o’zingiz ham guvoh bo’lgan bo’lsangiz ajab emas. Ahamiyat bersangiz Sogdiana qo’shiqni guruh a’zolari bilan tengma-teng, hatto a’lo darajada ijro etgan. SogdianaXo’sh, endi Sogdiana kim bilan duet ijro etadi? Oldinda bizni qanday yangiliklar kutmoqda? Kutilayotgan yangiliklarni bir uchini sizga ochib berishimiz mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, loyiha musiqiy prodyuseri Viktor Drobish yakuniy konsertlarning biriga jahon yulduzlarini taklif etgan ekan. Ular sizga juda ham yaxshi tanish Brayn Adams hamda “Scorpions” guruhidir. Bu Sogdianada jahon yulduzlari bilan duet etish imkoni tug’iladi, deganidir.
 Yuqorida sizni e’tiboringizga biroz tahliliy, mulohazaga chorlovchi va information maqolani havola etdik. Maqolaning davomi bor!
 Hurmatli saytga tashrif buyuruvchilar! Mazkur maqola bo’yicha sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun qiziq va muhim. Shuning uchun sahifada o’z fikr-mulohazalaringizni qoldirishingizni so’raymiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 242 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *