Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Iyun, 2006

Scan Multining joniga suiqasd qilishdi!!!

Scan MultiInternet tarmog’ining kuchiga boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlar unchalik ham ishonishmasdi. Lekin kuni kecha internet tarmog’ida tarqagan xabar qisqa fursat ichida hammani larzaga soldi. Internet saytlarning biridagi forumda yozishlaricha, taniqli klipmeyker, tez kunlarda ekran yuzini ko’rishi lozim bo’lgan «Xo’ja Nasriddin: O’yin boshlandi» filmi rejissori Scan Multini o’z uyida o’ldirib ketishgan emish. Bu haqiqatmi yoki navbatdagi yolg’on ma’lumot? Bu savolga javob topishga harakat qilib, aniq ma’lumotlarga ega bo’ldik. Bizga yetib kelgan xabarlarga ko’ra Scan Multini Darxondagi ofisida o’ldirib ketishgan. Kim va nima uchun? Aynan mana shu savollarga hozircha javob topilgani yo’q.

Batafsil ichkarida…

Scan Multi — bu inson ajoyib klipmeyker va rejissor bo’libgina qolmay, insonlar bilan juda ham tez til topishib keta olish xususiyatiga ham ega edi. Ochiqko’ngil, juda ham sodda… Men Scan Multi bilan ayni kunlarda ekran yuzini ko’rishi rejalashtirilayotgan «Xo’ja Nasriddin: O’yin boshlandi» filmi sabab tanishib qolgan edim. O’zbek estradasi yulduzi Sogdiana meni Scan bilan «Taqdir charxpalagi» filmi prem’erasi bo’lib o’tayotgan kuni tanishtirgan edi. Bir ko’rishdayoq Scanning ochiqko’ngil ekanligiga amin bo’lgandim. U bilan biz atigi 3 oygina filmning matbuoti bo’yicha birga ishladik. So’ng men boshqa ishlarim ko’pligi bois filmning oxirigacha ishlay olmadim. Oradan ko’p o’tmay bu xabarni eshitish… bilmadim, ishonish qiyin. Qani edi bu yolg’on bo’lsa.
Biz yana qo’shimcha ma’lumotlar topishga va sizga yetkazishga harakat qilamiz. Qotillar jazosiz qolmaydi. Buni tagiga albatta yetiladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *