Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Mart, 2010

SB.uz sumalak bazmidan eksklyuziv!

Sumalak13-14 mart kunlari SB.uz portali ijodkorlari bir qator estradamiz san'atkorlari bilan birgalikda sumalak bazmini o'tkazdi…

Sumalak bazmida estradamizning yorqin ijodkorlaridan tortib, yosh iste'dod egalarigacha qatnashishdi. Jumladan, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Nilufar Usmonova, Otabek Mutalxo'jaev, Zebo, «Fayoz», «100%» va «DILSHOX» guruhlari, Yakzon, Jamshid Ahmedov, Sevara Doniyorova, Botir, Mansur MC, Oybek va Nigora, Ziyoda, Ruhshona, Parizod, Radius 21, Vohidjon Isoqov, Sirojiddin Xojiev, Jamshid, Eldorbek, Dilmurod Yusupov, Umar Shamsiev va boshqalarni aytib o'tish mumkin. Shuningdek, Olimxo'ja Azimov va Oybek Rixsibekov (A'lo FM), aktrisalar Sitora Farmonova, Dilorom Mirzaeva va Shahzoda Matchonova, prodyuser va jurnalist Feruza Nodirova, Mashhur.uz sayti bosh muxarriri Baxtiyor Rasulov, Dj. Leyla va boshqalar mehmon bo'lishdi. Tez orada sumala bazmidan eksklyuziv fotosuratlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Ushbu kechani tasvirga tushirgan «Glow Star Group» Professional video studiyasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Studiyaga hizmatlaringiz bo'lsa, 5241290 hamda 9100644 raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin.

Qiziqarli holat

t: Sumalak bazmiga tashrif buyurgan xonanda Nilufar Usmonova Fanta ichimligini yaxshi ko'rganligi sababli, bir bakalashka Fantani «uhlatib» ketdi. Ushbu holat tasvirchimiz tomonidan eksklyuziv ravishda suratga olindi.

Sumalak

Sumalak

P.S.: SB.uz portali sumalak bazmini o'tkazishda yaqindan yordam bergan portal forumining oqsoqoli Jamshid_bek ning oila a'zolariga o'z minnatdorchiligini bildiradi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 261 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *