Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Yan, 2009

SB.uz: «2009 yil g’oyalari!»

2009 yil g'oyalariHar yili o’zining yangi loyihalari bilan kirib borayotgan SB.uz portali 2009 yilga ham bir qator yangi loyihalari, g’oyalarini tayyorlab qo’ygan. Ushbu yangi loyihalar haqida siz bilan o’rtoqlashishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Demak, oldinda sizni nimalar kutmoqda? Bu savollarga hoziroq javob topishingiz mumkin.1-raqamli portal — mana shu nomni oqlash yo’lida izlanishda davom etmoqdamiz. Ushbu izlanishlar natijasidan har biringiz xabardor bo’lib bormoqdasiz va yangi g’oyalar bilan ham o’rtoqlashish fursati yetdi.

2009 yilda ham 2008 yil singari shou-dasturlar o’tkazish rejalari yo’q emas. Ayni damda mana shu hususida muzokaralar olib borilmoqda. Biror bir natijaga erishilgach barchasidan birinchilar qatorida xabardor etamiz. Bu shou-dasturlar sirasiga portalimizning tavallud ayyomiga mo’ljallangan katta gala-kosert, Sumalak bazmi, Hayriya konserti, Bitiruvchilar uchun mo’ljallangan shou-dastur va Yangi yil karnavali. Bu dasturlarni o’tkazish uchun ayni damda izlanishlar olib borilmoqda.

2009 yilda biz muxlislarimiz uchun portalimizning asosiy madhiyasini taqdim etish niyatidamiz. Ushbu madhiya ustidagi ishlar allaqachon boshlanib ulgurgan. Madhiya uchun musiqa Jakhongir.uz tomonidan tayyorlandi, hozirda matn ustida ish olib borilmoqda. Qo’shiqni yozish uchun bir qator studiyalar bilan kelishib olingan. Madhiyani ijro etish uchun o’zbek estradasining nomdor vakillarini taklif etish ko’zda tutilgan. Bu haqda ham aniqroq ma’lumotlar yaqin kunlarda sizga taqdim etiladi.

Portalimizning yangi loyihalari sonini kengaytirish maqsadida bir qator g’oyalar o’rganib chiqildi va hozirda shu ustida «COOL»-dizayn studiyasi hodimlariga vazifa yuklatilgan. Ulardan hozirda sizga taqdim etilishga tayyori Foto.SB.Uz loyihasidir. Barcha turdagi fotosuratlarning eng katta arxivi aynan mana shu saytdan o’rin oladi. Undan keyingi loyihalarimizdan tanishuv hizmati, mobil telefonlar uchun maxsus sayt, videofayllar tomosha qilish uchun videoportal va boshqa loyihalar.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *