Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Fev, 2008

SB.uz 2 yoshda konsert dasturi qanday o’tdi?

SB.uz 2 yoshda konsertiBa’zi texnik nosozliklar sababli portalimizning 2 yillik tantanasiga bag’ishlangan ijodiy kecha haqida to’liqroq ma’lumot bera olmagan edik. Mana va nihoyat ijodiy kecha yoxud yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi haqida to’liqroq to’xtalib o’tishga imkon topildi.

Bilasizmi, bu ijodiy kecha haqida nimadan boshlab so’z ochishni bilmay ham qoldik… Chunki, ijodiy kecha arafasida va aynan tadbir qizigan pallada nimalar bo’lib o’tmadi, deysiz. Ha, mayli bir boshidan boshlaymiz.

SB.uz portalining 2 yillik tantanasiga atigi 1 oy vaqt qolganda portal ijodiy guruhida ijodiy kecha yoxud konsert dasturi o’tkazish g’oyasi yuzaga keldi. Avvaliga biz bu kechani kichikroq ko’rinishda o’tkazishni rejalashtirgan edik. 150-200 kishilik biror bir kinoteatr yoki konsert zallarida o’tkazish fikri o’rtaga tashlandi. Biroq, oddiy bir qiziqish undan kattaroq sahnalarga bizni yetaklay boshladi. Taniqli kino va teatr aktyori Mirzabek Azizov portalimizning eng yaqin do’stlaridan biri hisoblanadi. Kechani o’tkazish fikri ilgari surilganda negadir aynan mana shu inson bilan bog’lanishni lozim topdik va ular faoliyat yuritadigan «Muqimiy» nomli o’zbek davlat musiqali-drama teatrida o’tkazish fikri bizning konsert zallar ro’yhatimizdan birinchi bo’lib o’rin egalladi. Taniqli aktyorimiz bilan bog’lanib, umumiy g’oyani so’zlab berganimizda ular «Muqimiy» teatri rahbariyati bilan bog’lanib bizni oldimizda turgan ulkan bir devordan o’tib olishimizga asosiy ko’makdosh bo’ldilar. Buning uchun SB.uz portali ijodiy guruhi «Muqimiy» teatriga va albatta sevimli aktyorimiz Mirzabek Azizovga o’z minnatdorchiligini izhor etadi. «Muqimiy» teatri o’z bag’riga 500 kishini sig’dira olishi esa bizga ayni muddao bo’ldi. Zero, 150-200 kishidan ko’ra, 500 kishilik muxtasham saroy bizning muxlislarimiz va do’stlarimizni to’plashimizga anchagina keng imkon taqdim etdi. (Portal muxlislari hozirgi kunga kelib 106910 kishini tashkil etadi. Biz tanlagan joy esa atigi muxlislarimizni 500tasinigina o’z bag’riga sig’dira oladi.)

Ijodiy kecha qayerda o’tkazilishi aniq bo’lgach, tadbirda ishtirok etadigan estrada yulduzlari ro’yhati tuzildi. (Quyida yulduzlar ro’yhati keltirilgan)

1. Iroda Yusupova
2. Masrur Usmonov
3. Samandar va Dilshodbek Xoliqov
4. Indi
5. Zebo
6. Mirjamol
7. Dinara
8. Afsona
9. Akbar
10. Hojiakbar
11. «Shod» guruhi
12. Bilol
13. «Non-stop» guruhi
14. Otabek Mutalxo’jaev
15. Yasmina va Anvar
16. Iroda Nosirova
17. Firdavs
18. Jahongir.uz
19. Doston Ubaydullaev
20. Sharof Muqimov
21. Yodgor Mirzajonov
22. Shohruhxon
23. Shahnoz
24. Setora
25. Nilufar Usmonova
26. Shahriyor
27. Manzura
28. Ziyoda va Ulug’bek Rahmatullaev
29. Oybek va Nigora
30. Sardor Rahimxon
31. Shohruh
32. Shahzoda

Biroq, bu ro’yhatdan atigi 3 estrada yulduzi ishtirok eta olmadi. Buning sabablari bizga qorong’u… Ammo, ular uchun biz afsus deb qolamiz… Ularning ichida eng kutilgan estradamiz yulduzi esa bu albatta Shahzoda edi. U nega ijodiy kechada ishtirok etmadi? Bu savol hozircha ochiq qoldiriladi… Lekin, qolgan ikki «yulduzlarimiz»ni esa o’rnini qoplay oladigan, «Afruz» guruhi hamda Aziz Rametov kechamizda hizmatda bo’ldilar. Ro’yhatdagi qolgan yulduzlarimiz esa haqiqiy do’stona munosabatlarini shu kuni bizga izhor etishdi. Buning uchun ularga tashakkurimizni ma’lum qilamiz. Bizni, qolaversa o’zini hurmat qilgan yulduzlarimiz uchun biz doimo hizmatga shaymiz. Darvoqe, ijodiy kechamizda ishtirok etaman deb tashrif buyurgan va ishtirok eta olmagan bir qator boshqa xonandalarga ham minnatdorchilik bildiramiz. Dasturni mukammal va chiroyli o’tishida o’z hissasini qo’shgan scenariy muallifi va kechamiz rejissori Bobur Bobomurodga mehrimiz bo’lakcha ekanligini, ularning yordamlarini juda ham qadrlashimizni bildirib o’tamiz. Kechamizni video tasvirga tushirishda yordamini ayamagan «Akfa-media» kompaniyasiga tashakkur aytamiz.

Xabaringiz bor portalning 2 yillik to’yi uchun ajoyib gimn tayyorlangan. Mana shu taronani tayyorlanishida o’z yordamini ayamagan «Insane Music» ovoz yozish studiyasiga, «O’zbegim taronasi» radiosiga, aranjirovka ustasi Anvar Safaevga, matn va musiqa muallifi YAKzoNga, «Sharq sinema» studiyasiga ham alohida minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, konsert dasturimizning kirish qismiga ajoyib jingl tayyorlab bergan Jahongir.uz, Ziyoda hamda Oybekka ham rahmat deb qolamiz.

Bizni kechamizni yoritishda, gimnimizni keng ommaga havola etishda ko’maklashgan «A’lo FM», «Navro’z», «O’zbegim taronasi» hamda «Hamroh» radiolariga, «Tasvir», «Bekajon» va »Xordiq» gazetalariga, «TV-Markaz» hamda «Toshkent» telekanallariga ham minnatdorchilik bildiramiz.

Endi navbat fotolavhalarga, eslab qoling bu fotosuratlar «hamir uchidan patir». Hali oldindan bundan ko’p fotosuratlar bor. Biz bilan birga qoling!!!

SB.uz 2 yoshda konserti

SB.uz 2 yoshda konserti

SB.uz 2 yoshda konserti

SB.uz 2 yoshda konserti

SB.uz 2 yoshda konserti

SB.uz 2 yoshda konserti

SB.uz 2 yoshda konserti

SB.uz 2 yoshda konserti

SB.uz 2 yoshda konserti

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 141 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *