Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Sarvar va Dilafruz baxtli bo’linglar!!!
21 Okt, 2014

Sarvar va Dilafruz baxtli bo’linglar!!!

Sarvar nikoh oqshomiBugun o’zbek shou-biznesi vakillaridan yana biri bo’ydoqlar safidan chiqdi. Kim deysizmi? Hozir bilib olasiz. «Benom» guruhi xonandasi Sarvar Azimov bugun 2014-yilning 21-oktyabr sanasida uylandi. «Versal» restoranida bo’lib o’tgan nikoh oqshomi juda ham fayzli va chiroyli o’tdi.

SB.uz portali ijodiy jamoasi ham ushbu nikoh kechasiga mehmonlar qatorida taklif etilgan edi. Biz Sarvar hamda Dilafruzni muborakbod etish barobarida portalimiz muxlislari uchun maxsus fotoreportaj ham tayyorladi. Ushbu fotoreportajni siz azizlarga taqdim etishga tayyormiz. Biroq, avval nikoh kechasi haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tsak.
Sarvar hamda Dilafruzxonlarning nikoh oqshomlarida boshlovchilik vazifasi Otabek Mahkamov hamda Shahzoda Muhammedovalarga ishonib topshirildi. To’yni chiroyli o’tishiga o’z hissasini qo’shgan «Diyor» guruhi san’at olami tilida aytganda «dejurniy» guruh bo’lishdi. Shodiyonani ochib berish uchun ilk musiqiy chiqish esa Ruhshonaga yuklatilgan bo’lib, kelin va kuyovni aynan Ruhshona o’z qo’shig’i bilan kutib oldi. So’ngra esa karnay-surnay sadolari va raqqosalar chiqishiga guvoh bo’ldik. Keyin birin-ketin o’zbek estradasi olami vakillari o’z musiqiy chiqishlari bilan tashrif buyurganlarni xushnud etishdi. Nikoh oqshomida Shahzoda, Nilufar Usmonova, «Bojalar» guruhi, Sardor Rahimxon, «MarkaZ» guruhi, «Shod» guruhi, «Ummon» guruhi, «Mango» guruhi, Yodgor Mirzajonov, Munisa Rizaeva, Zarina Nizomiddinova, Farruh Soipov, Nargiza Salmonova, Feruza Sobitova, Umid Iskandarov, Muhammad Ali Iskandarov, Dilshodbek Kattabekov, Muqaddas Sa’dullaeva, Oybek va Nigora, Otabek Mutalxo’jaev, Samandar, Jasurxon G’oyipov, Narimon Sultonxo’jaev, Sanjar Matkarimov kabi juda ko’plab el-yurtga tanish bo’lgan shou-biznes vakillari mehmon bo’ldilar.
Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda «Benom» guruhi muxlislari nomidan Sarvar va Dilafruzxonlarni chin dildan muborakbod etamiz! Baxt, omad, shodlik, salomatlik hech qachon sizlarni tark etmasin! Baxtli bo’linglar!!!

Quyida siz azizlar uchun nikoh oqshomi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 6 318 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *