Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Mart, 2012

Sardordan «Eyforiya»ning 2-chisi?

Sardor RahimxonSardor Rahimxonni «Eyfariya» qo'shig'idan so'ng zamonaviy estrada yo'nalishi muxlislari anchayin yaxshi qabul qilishgan bo'lsa, yoshi ulug'lar ko'proq uning milliy ijrosi manzur bo'lib borayotganligi haqida fikr yuritishgan edi. Har ikki yoshdagi muxlislarni ko'nglini birdek olib borishga harakat qilayotgan Sardor navbatdagi qo'shig'ini yana o'sha zamonaviy estrada uslubida ijro etdi.

Eldor Qayumov hamda Malik Qodirovlar ijodiy hamkorligi natijasida Sardor Rahimxon «Sog'indi yuragim» nomli yangi qo'shiq kuyladi. Bu qo'shiqni qaysidir ma'noda o'sha «Eyforiya» taronasining davomi deb aytsa ham noto'g'ri bo'lmasa kerak. Ammo, bu mutlaqo o'zgacha tarona ekanligini ta'kidlab o'tamiz. Ayni damda «Sog'indi yuragim» nomli yangi tarona uchun klip ham tasvirga tushirilmoqda. Klip rejissori Jasur Shametov ushbu videomahsulotda tomoshabinlar Sardor Rahimxonni yangicha uslubda qarshi olishlarini bayon etmoqda. «Eyforiya» klipida ham Sardor Rahimxon yangi uslubda namoyon bo'lgan edi. Qiziq, endi Sardorni qanday ko'rinishda ko'rar ekanmiz? Buni albatta vaqt ko'rsatadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *