Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Noy, 2009

Sardor Rahimxonning konsert dasturidan eksklyuziv!

Sardor RahimxonBir necha soat ilgari O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon «Sen uchun» deb nomlangan ikkinchi yakkaxon konsert dasturini muxlislar e’tiboriga havola etdi. Bu yilgi konsert dasturi juda ham muxlislar uchun kutilmagan voqea va hodisalarga boy bo’ldi…

Sardor Rahimxon bu yilgi konsert dasturida o’zining ilk kitobchasini muxlislar hukmiga havola qildi. Kitobchaning ilk sahifalarida «Aslida, shoirlikka ham, yozuvchilikka ham da’vogar emasman. Qo’lingizdagi kitobcha shunchaki aytmoqchi bo’lganlarim yoki… ayta olmaganlarim. Yon daftarimdan ko’chirilgan bu kechinmalar faqat o’zimgagina ayon edi. Endi esa ulardan Siz ham bahramand bo’lasiz azizim… Sizga rahmat, hayotimda uchraganingiz uchun!» deb yozadi Sardor Rahimxon.
Darhaqiqat, Sardor Rahimxonning bu yilgi konsert dasturida sahna dekoratsiyalaridan tortib oddiy bir rekvizitgacha kuchli e’tibor berilgan. Sardor Rahimxon konsert dasturi 20 dan oshiq yangi qo’shiqlar ijro qilgan bo’lsa, shundan 10 dan oshig’i yangi taronalardir. Albatta muxlislar Sardorning yangi taronalari olqishlar bilan iliq qarshi olishdi. Sardor Rahimxon bu yil Xumoyun Mirzo ismli yana bir shogirdini katta sahnaga olib chiqdi. Xumoyun Mirzo ijrosidagi «Telba» taronasi ilk tinglovchilarini topishga ham ulgurdi. Umuman olganda, ikki kunlik konsert dasturi anshlag tarzida o’tdi desak adashmagan bo’lamiz.

P.S.: Konsert tafsilotlari va eksklyuziv fotosuratlar tez orada portalimiz orqali tanishishingiz mumkin. Kuzatishda davom eting.

Sardor Rahimxon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 189 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *