Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Avg, 2007

Sardor Rahimxondan yangiliklar shodasi

Sardor RahimxonSardor Rahimxonning ikkinchi albomi shu yil yakuniga qadar muxlislar hukmiga havola etilishi mo’ljallanmoqda. Albom uchun xonanda yangi qo’shiqlar yozish bilan ovora.

Qo’shiqlar yozish jarayonida bir necha bastakor va aranjirovka ustalari bilan hamkorlik olib borilmoqda. Ulardan Jahongir.uz, Jasur Badalboev, Ulug’bek Hamroev, Iqbol Muhammadjonovlarni sanab o’tishimiz mumkin. Milliy bayramimiz bo’lmish Mustaqilligimizning 16 yilligiga bag’ishlab Yangi tarona yozildi. Qo’shiq «Oshkora» deb nomlanadi. Bu Sardor Rahimxonning iste’dodli shoir Bobur Bobomurod bilan birinchi hamkorlikdagi qo’shig’i. «Oshkora» qo’shig’ining musiqasi Iqbol Muhammadjonovga tegishli. Shuningdek, Sardorning yana bir yangi taronasi bo’lmish «Bilmading» 1 sentyabr kuni «Zamin FM» radiosida prem’era tariqasida jarang sochadi. Bu qo’shiq sokin ohangda ijro etilgan. Sardorning ta’kidlashicha, «Bilmading» taronasiga klip ham tasvirga olish rejalashtirilgan. Klip rejissori Rustam Murodov bo’lib, bu klip Sardor Rahimxon ijodidagi birinchi voqeaviy va fojiaviy klip bo’ladi. Yana bir ajoyib yangilik Sardor Rahimxon shu yil oxirida o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etish niyatida. Darvoqe, 25 avgust kuni xonanda o’zining «Nazar-nazar» qo’shig’i bilan Samarqandning 2750 yilligiga bag’ishlangan katta shodiyonada ishtirok etadi.

Yangiliklar so’ngida bir savol bilan murojaat etmoqchimiz… Sardor Rahimxon uchun oldingi yil juda omadli keldi va ketma-ket turli mukofotlar bilan taqdirlandi. Xo’sh, bu yilchi? U qanday sovringa munosib topilar ekan?


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *