Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Fev, 2009

Sardor Rahimxondan yangi multfilm!

Sardor RahimxonO’zbek estrada olamida o’ziga xos o’rin va mavqe’ga ega bo’lgan xonanda Sardor Rahimxon, hozirda yangi multfilm ustida ish olib borayotgan ekan. Bu ma’lumot qanchalik haqiqatga to’g'ri? Ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Sardor Rahimxon bilan bog’landik…Sardor Rahimxon bu haqiqat ekanligini aytib o’tdi. Sardor Rahimxon «Agar-agar» taronasi uchun multfilm klip tayyorlayotgan ekan. «Aytishim kerak, hozirgi kungacha tayyorlab taqdim etgan kliplarim orasida eng katta mehnat talab qilgan klip bo’ldi. 4 oy davomida 15dan ortiq multiplikatorlar klip ustida ishlamoqda. Men uchun shaxsan juda katta loyiha bo’lmoqda. Chin ma’noda haqiqiy multfilm qanday bo’lsa, mana endi birinchi marotaba menda shunday bo’lmoqda. Mendan avvalgi ijodkorlar yaratgan multfilm kliplarda kompyuter grafikasidan foydalanishar edi. Menda esa har bir elementlarni bittalab chizishmoqda. Bu juda mayda ish hisoblanadi. Hudo xohlasa, ushbu loyiham yaqin kunlarda tugatilib, muxlislarimga havola qilaman»,-deb ta’kidlab o’tdi Sardor Rahimxon telefon orqali bog’langanimizda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *