Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Sardor Rahimxondan «Meni yolg’iz qoldirma» taronasi…
13 Noy, 2013

Sardor Rahimxondan «Meni yolg’iz qoldirma» taronasi…

Sardor Rahimxon - Buxoro parilariO’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon yana bir yangi qo’shiq yozdi. Ushbu qo’shiq «Meni yolg’iz qoldirma» deb nomlangan bo’lib, tarona 90-yillar uslubida ijro etilgan. Mazkur qo’shiqni birinchilar qatorida tinglashni istaysizmi?

Unday bo’lsa, ertaga 2013-yil 14-noyabr sanasida barcha FM radiolarini kuzatib boring. Sardor Rahimxondan yangi tarona prem’erasini qarshi olasiz. «Meni yolg’iz qoldirma» taronasi so’zi va musiqasi Eldor Qayumov ijodidan. Mazkur taronaga klip ham suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Klipni esa bu yilning eng yaxshi klipi deb ta’riflanayotgan «Tanhoginam» klipini suratga tushirgan Muhammad Ali Iskandarov tasvirga oladi. Portalimizni kuzatib boring va biz bu haqida yana to’xtalib o’tamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 966 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *