Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Yan, 2011

Sardor Rahimxondan 2010 yil yakunlari…

Sardor RahimxonSardor Rahimxonning 2010 yilda ijro qilgan milliy uslubdagi qo'shiqlari bilan zamonaviy uslubda yaratgan taronalari ham o'z muxlislarini birdek topa oldi. Albatta bu xonandaning yutug'i hisoblanadi…

Tan olish kerak, Sardor Rahimxonning qo'shiqlariga ishlangan klip o'zining originalligi va qo'shiqqa monand yaratilganligi bilan ham ajralib turdi. 2010 yil avvalida xonanda «Zora» nomli yangi musiqiy albomini hadya qilgan edi. Ushbu albomdan Sardorning 17 ta taronasi o'rin olgan bo'lib, shulardan 3 tasi duet taronalardir. Shuningdek, katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan, Rossiya estradasining yulduzi Dmitriy Malikov musiqasi asosida yaratilgan «Ti dlya menya» taronasi ham aynan shu albomdan o'rin egalladi.
2010 yil Sardor Rahimxonning shaxsiy hayotida ham katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Ushbu yilda Sardor bo'ydoqlar safini tark etib, o'zi uchun munosib yorning turmush o'rtog'i bo'lish baxti nasib etdi. Yana shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, 2009 yilda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuklatilgan ulug' mas'uliyatni 2010 yilda «New Star» Media prodyuserlik markazini tashkil qilib, qaysidir ma'noda xonandaga yuklatilgan vazifani amalga oshira oldi. Hozirda «New Star» Media prodyuserlik markazida bir nechta yosh iste'dod egalari san'at sohasini chuqur o'zlashtirishmoqda.
O'ylaymizki, kirib kelgan 2011 yil Sardor Rahimxon hayoti va ijodida o'ziga yarasha omad eshiklarini ochadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *