Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Dek, 2012

Sardor Rahimxon yulduzligi tasdiqlandi!!!

Sardor Rahimxon OdnoklassnikiInternet tarmog'ida bugungi kunda ijtimoiy tarmoq yo'nalishidagi saytlar anchagina ommalashganligi hech kimga sir emas. Ularning orasida MDH davlatlari orasida eng ommaboplaridan biri albatta Odnoklassniki sayti hisoblanadi. Mazkur saytga oddiy insonlar qatorida, yulduzlar ham doimo kirib turishadi. Biroq, har bir yulduz asli o'zi ekanligini bilish esa «yulduz» belgisi qo'yilgandagina o'z tasdig'ini topadi xolos. Aks holda boshqa kimsalarning yolg'onlariga duch kelishingiz hech gap emas.

Endilikda esa siz Sardor Rahimxon bilan odnoklassniki sayti orqali bemalol suhbat qurishingiz mumkin, albatta hech bir shubha gumonsiz. Zero, Sardor Rahimxonning odnoklassniki saytidagi profiliga maxsus «yulduz» nishoni taqdim etildi. U bilan bir qatorda yulduz ko'rinishidagi sovrin ham Sardor Rahimxonga odnoklassniki sayti jamoasi tomonidan topshirildi. Biroq, negadir haligacha Sardor Rahimxonning mazkur saytdagi profilida yulduzcha nishoni ko'rinmayapti. Balki, bu holat ayni damda odnoklassniki sayti jamoasi Toshkentda mehmon bo'lib turganliklari bilan bog'liqdir.

Sardor Rahimxon Odnoklassniki

Sardor Rahimxon Odnoklassniki

Sardor Rahimxon Odnoklassniki


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 270 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *