Sardor Rahimxon va Rayhonning to'yi bo'ladi!(mi)?
Estradamizning ko'zga ko'ringan xonandalari Sardor Rahimxon hamda Rayhonning ushbu suratlarini ko'rib, «Nahotki bu ikki yoshning to'ylari bo'lib o'tgan bo'lsa-ya?» — deb ajablanayotgan bo'lsangiz kerak. Ochig'i biz ham bunga ajablandik! Biroq shu yilning kuz faslida ya'ni oktyabr oyida Sardor Rahimxonning to'yi bo'lishi kutilayotgan edi. Kelinning kimligi esa bugungi kungacha bizga qorong'u. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida biz tog'ridan-to'g'ri Rayhon bilan telefon orqali bog'landik!
Rayhon bilan bog'landigu, hammasiga oydinlik kiritdik. Bu rasm Rayhonning yangi, «U meniki» taronasiga olingan klipdan fotolavha ekanligiga ishonch hosil qildik! Ushbu tarona 10 sentyabrdan FM to'lqinlari orqali yangray boshlaydi. «U meniki»ning klipi ham tez orada tayyor bo'lish arafasida. Klip rejissori Mirmaqsud Oxunov va Rustam Murodovlar. Klipda siz Sardor Rahimxondan tashqari yana bir maftunkor xonanda, Manzurani ham ko'rishingiz mumkin! Hozir esa, klipdan ayrim fotolavhalarni hukmingizga havola etamiz!