Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Sen, 2011

Sardor Rahimxon va Lola endi birga…

Sardor Rahimxon va LolaO'zbek estradasida o'z o'rniga ega bo'lgan ikki yulduzning yo'li bir chiziqda kesishadigan fursat yetgan ko'rinadi. Sardor Rahimxon va Lola endilikda birga duet tarona kuylashga qaror qilishgan. Ayni damda duet tarona uchun mos keladigan musiqa va so'zlar tanlash ishlari olib borilmoqda.

Umid qilamizki, ushbu ijodiy mahsulot barchaning diqqatini o'ziga tortadi va ajoyib hit tarona dunyoga keladi. Shuningdek, Sardor Rahimxon qoraqalpoq tilida kuylagan «Ko'nglum sendedur» taronasga ham klip suratga tushirish niyatida. Klipni Yodgor Nosirov suratga olishi rejalashtirilgan.

Darvoqe, 3 sentyabr kuni «O'zbegim taronasi» radiosi tomonidan uyushtirilgan «Yulduzli hit-parad» gala-konsert dasturida Sardor Rahimxon ijro etgan «Eyforiya» taronasi ham yilning eng yaxshi taronalaridan biri deb topilib, maxsus «Oltin disk» bilan taqdirlandi. Mana shu kuni Sardor Rahimxonning tavallud topgan kuni edi. Shunday qilib Sardor 3 sentyabrda qo'shaloq bayramni nishonlashga erishdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 249 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *