Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Yan, 2009

Sardor Rahimxon: «Ti dlya menya»…

Sardor RahimxonJuda ham sermahsul ijod qilib kelayotgan estradamizning yorqin yulduzlaridan biri, shuningdek, yaqindagina Tailand shahrida 10 kunlik ta’tilda bo’lib qaytgan Sardor Rahimxon, o’tgan 2008 yil mobaynida Moskva shahrida bir necha bor ijodiy safarda bo’lib, u yerda Rossiya estradasining mega yulduzlaridan biri Dmitriy Malikov bilan uchrashgan edi. Hozirda Sardor Rahimxon va Dmitriy Malikov ijodiy hamkor hisoblanadi. Hamkorlikning ilk ijobiy mevasi sifatida «Ti dlya menya» taronasi bo’ldi…Sardor Rahimxonning «Ti dlya menya» (Sen men uchun) taronasining musiqasini Dmitriy Malikov bastalagan. Ushbu qo’shiqni tez kunda Moskva FM va TV kanallari orqali tinglab tomosha qilishingiz mumkin. Undan tashqari Sardor Rahimxon Iqbol Muhammadjonov musiqasi va Shuhrat Zokirov aranjirovkasi bilan yangi «Yor-yor» taronasi ustida ish olib bormoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *