Sardor Rahimxon tavallud kun muborak!!!
Bugun o’zbek estradasining yorqin vakillaridan biri, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon tavallud topgan kun. Mana shu kun munosabati bilan biz SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan, qolaversa xonandaning barcha muxlislari nomidan muborakbod etib qolamiz!!!
San’at olamida o’rniga ega bo’lish juda ham qiyin narsa. Buning uddasidan har kim ham chiqavermaydi. Estradamizning yorqin yulduzi Sardor Rahimxon esa buni uddalay olgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Sardor Rahimxon eng avvalo yaxshi inson, yaxshi do’st, qolaversa yaxshi ijodkordir. Bugun bizning do’stimiz, iste’dodli xonanda va ajoyib inson bo’lmish Sardor Rahimxon tavallud topgan kun. Biz Sardor Rahimxonga baxt, omad, sihat-salomatlik va albatta ijodiy barkamollik tilab qolamiz! Dunyodagi jamiyki ezgu niyatlar sizga hamroh bo’lsin!!! Yaxshi kunlaringizda doimo yoningizda yelkadosh bo’lib turish nasib etsin!!! Tavallud kun muborak!!!