Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 May, 2006

Sardor Rahimxon… SMS… “Yorim bo’lsang”…

Sardor Rahimxon“Ishonmasman”… Sardor Rahimxon haqida so’z ketar ekan, bu taronani yodga olib o’tmaslik mumkin emas. Zero, aynan “Ishonmasman” Sardorga haqiqiy omad keltirdi. Xo’sh, “Ishonmasmanchi” Sardor hozirda nimalar bilan band? Sardor Rahimxon “SMS”, ya’ni “Sen meni sevasanmi?” kinokartinasida bosh rolni ijro etganligidan xabardor bo’lsangiz kerak. Aynan mana shu filmda xonandamiz ijrosida ikkita taronani tinglaymiz. Ulardan asosiysi hisoblanmish “Yorim bo’lsang” taronasi tayyor bo’ldi. Mazkur ma’yus tarona ham muxlislar qalbidan chuqur joy egallashiga Sardor umid qilmoqda. Qo’shiq premerasini 20 may kuni “Zamin” radiosi orqali tinglashingiz mumkin bo’ladi. Film taqdimoti esa may oyining ohirlarida bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda. 23 may kuni Sardor Rahimxon hamda Ulug’bek Rahmatullaev, Rayhon, Shohruh, Sevara Nazarxon, “Shahzod” guruhi va boshqa estradmiz yulduzlari bilan birgalikda Rossiyaning poytaxti Moskva shahrida bo’lib o’tadigan konsertda ishtirok etishlari ko’zda tutilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *