Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Sardor Rahimxon «Samarqand Bitiruvchi 2014» finalida!!!
7 Iyul, 2014

Sardor Rahimxon «Samarqand Bitiruvchi 2014» finalida!!!

Sardor Rahimxon Samarqand bitiruvchi 2014O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon Davlat tomonidan uyushtiriladigan har bir tadbirda faol ishtirok etib kelishidan xabaringiz bor. Doimo barcha tadbirlarda Sardor Rahimxon o’z kuy-qo’shiqlari bilan muxlislarni xushnud etib keladi. Kuni kecha Samarqand shahrida 2014-yil bitiruvchilariga bag’ishlangan katta konsert dasturi bo’lib o’tdi.

Mazkur konsert dasturida Sardor Rahimxon ham ishtirok etdi. Sardor mazkur konsertning finalida chiqish qildi. «Azizim Vatan» nomli qo’shig’ini ijro etgan Sardor Rahimxon haqiqiy Vatanparvarlik ruhiyatini barcha tashrif buyurganlarga namoyon eta oldi. Tashrif buyurgan bitiruvchilar ham ushbu qo’shiqni Sardorga jo’r bo’lib birgalikda kuylashdi. Haqiqiy finalga xos va mos tarona bilan ishtirok etgan Rahimxonning kelajakdagi ijodiga ham zafarlar tilab qolamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 372 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *