Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Dek, 2011

Sardor Rahimxon Rossiyada konsert beradi!

Sardor RahimxonSardor Rahimxon muxlislari qayerda bo'lmasin, ularni hech qachon unutib qo'ymasligini yana bir bor isbotlamoqda. Sardor o'zining Rossiyadagi muxlislari uchun yangi yil sovg'asi sifatida konsert dasturini taqdim etadigan bo'ldi.

18 dekabr kuni Sardor Rahimxon o'zining Rossiyadagi muxlislari uchun Novosibirsk shahridagi «Chkalova» konsert saroyida o'zining yangi yilga bag'ishlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu Sardorning Rossiyadagi ilk yakkaxon konserti sifatida tarixdan o'rin egallaydi. Ushbu konsert dasturida Sardor Rahimxonning shu kungacha mashhur bo'lgan qo'shiqlari bilan bir qatorda yangi qo'shiqlar ham ijro etilishi ko'zda tutilgan. Demak, rossiyalik muxlislar 18 dekabr kuni soat 18:00da konsert dasturiga marhamat qilsinlar!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 207 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *