Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Iyul, 2009

Sardor Rahimxon Qashqadaryo viloyatida!

Sardor RahimxonEstradamizning mega yulduzi Sardor Rahimxon, mana ikki yillik tanaffusdan so’ng va nihoyat uzoq Qashqadaryo viloyatiga gastrol konsert dasturi bilan tashrif buyuradi. Bu Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi muxlislari uchun ajoyib sovg’a bo’lsa ajab emas. Konsert dasturi qachon bo’lishini esa hoziroq bilib olishingiz mumkin…Sardor Rahimxonning konsert dasturi 15-16-17 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan katta stadionlarda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Ushbu konsert dasturi «UzbekMedia» prodyusserlik markazi tomonidan amalga oshirilmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, Sardor Rahimxonning konsert dasturi ushbu prodyusserlik markazining ilk ishi hisoblanadi. Konsert dasturida Sardor Rahimxon hali FM va TV da namoyish qilinmagan 6 ta yangi taronalarini ijro qiladi. Shuningdek, Sardor Rahimxonning ikki shogirdi Ja’far hamda Mustafo ham ushbu konsert dasturida o’ziga xos chiqish qilishadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *