Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Avg, 2009

Sardor Rahimxon — O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist!

Sardor RahimxonO’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18 yillik shodiyona bayrami arafasida har yili barcha soha vakillari kabi san’at olami vakillari ham unvon, orden va medallar bilan mukofotlanadilar. An’anaga muvofiq bu yil ham san’at olamida o’z o’rniga ega bo’lgan yetakchi ijodkorlarimizdan, xalqimiz ardog’idagi san’atkor Sardor Rahimxon O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist unvoni sohibiga aylandi!Bir necha yil mobaynida tinmay ijod qilib kelayotgan va xalq ko’nglidan allaqachon joy egallagan xonanda Sardor Rahimxon O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist faxrli unvonga loyiq edi. Bugun u ana shu unvon sohibiga aylandi. Davlat mukofoti Sardor Rahimxonni yanada jo’shqin ijod qilishga, muxlislar talablarini qondirish va albatta ona Vatanimiz O’zbekiston nomini dunyoga taratishga undashi shubhasiz. Biz Sardor Rahimxonni ushbu buyuk mukofot bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Shuningdek, Dilnoza Ismiyaminova ham O’zbekiston Respublikasida hizmat ko’rsatgan artist unvoniga sazovor bo’ldi. Futbol bo’yicha O’zbekiston Milliy terma jamoasi a’zosi, termamizning bosh darvozaboni Ignatiy Nesterov O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi unvoniga loyiq topildi, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Mahmud Ismoilov, “Shuhrat” medali bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali “Davr” axborot dasturi muharririyati katta muharriri, boshlovchisi Arevat Grigoryan taqdirlandi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *