Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Sardor Rahimxon otasidan ayrilib qoldi…
19 May, 2013

Sardor Rahimxon otasidan ayrilib qoldi…

Sardor RahimxonO’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xonanda Sardor Rahimxon bugun erta tongda otasidan judo bo’ldi. Bir qancha vaqtdan buyon og’ir hastalik bilan kurashayotgan edilar. Ammo, har bir insonning hayoti o’lchab berilganidek, Sardor Rahimxonning otalari ham shu onda oramizdan boqiy dunyoga ravona bo’ldilar.

Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi yaqin do’stimiz, iste’dodli xonanda Sardor Rahimxon xonadonlariga o’z ta’ziyamizni bildiramiz. Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Qolgan umrlarini farzandlariga qo’shib bergan bo’lsin. Sardor Rahimxon otalarining janoza namozlari asrga belgilandi. Sevimli xonandamizni bilganlar va san’at ahli asr namoziga yaqin Sardor Rahimxon xonadoniga tashrif buyurishlarini ma’lum qilamiz. Yaqin do’stimizning og’ir kunlarida birga bo’laylik!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 311 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *