Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Noy, 2008

Sardor Rahimxon nimaga ko’proq ma’yus qo’shiqlar ijro etadi?!

Sardor RahimxonSardor Rahimxon! Ushbu ijodkorimiz so’nggi paytlarda nima sababdandir ko’proq ma’yus ohangdagi qo’shiqlar yaratmoqda. So’nggi yaratgan taronasi «Hayot» ham ma’yus ohangda jarang sochgan. Biz Sardor Rahimxon bilan bog’lanib, nima sababdan so’nggi paytlarda ma’yus ohangda qo’shiqlar yaratmoqdasiz desak, u quyidagicha javob berdi…

«Ma’yus ohangdagi qo’shiqlar ko’nglimga yaqin bo’lgani uchun ko’proq ma’yus taronalar yaratmoqdaman. Menga qolganida faqat sokin ohangdagi qo’shiqlarni yaratgan bo’lardim… Ammo muxlislarimning ham ko’ngliga qarab ijod qilishim kerak»,-deya javob berdi. Shuningdek, Sardor Rahimxon «Baxtli bo’l» deb nomlangan yangi qo’shiq ham yaratmoqda. Taronaning so’zi va musiqasi Sardor Rahimxonning o’zi yozgan. Musiqiy sayqaliga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, uning boshqa qo’shiqlarning arranjirovkasidan farqi shundaki, faqatgina gitara asbobi bilan sayqal berilganligidir. Tez orada FM to’lqinlari orqali tinglashingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *