Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Noy, 2008

Sardor Rahimxon nima bilan band?

Sardor RahimxonSardor Rahimxon! Bu ijodkor uchun bu yil juda omadli keldi. Sabab, Sardor Rahimxon o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi va aksariyat yaratgan taronalari xalqimiz orasida juda ommalashdi. Bularning barchasi san’atkor uchun katta yutuq hisoblanadi. Hozirgi kunda Sardor Rahimxon nimalar bilan band? Yangi qo’shiqlar qachon muxlislar uchun havola etiladi? Shu va boshqa savollar ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiy…Sardor Rahimxonning hozirda «Hayot» deb nomlangan yangi qo’shig’i FM to’lqinlari orqali o’z jaranggini sochmoqda. Tarona so’zini Xamza Jumaev, musiqasini esa Iqbol Muhammadjonovniki. Shuhrat Zokirov tomonidan musiqiy sayqal berilgan. Sardor bu qo’shig’i uchun maxsus klipni Mirmaqsud Oxunov va Rustam Murodov oldirmoqda. Sardor Rahimxon ushbu qo’shig’ini studiyada ijro etayotganda hatto ko’zlaridan yosh kelganini alohida ta’kidlab o’tdi. Bu qo’shiq uning ijodida keskin burilish yasaydi. Chunki tarona nafaqat yoshlarga, balki yoshi ulug’larga ham mo’ljallangan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 81 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *