Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Mart, 2009

Sardor Rahimxon: «Navbat «Yo, Rab»ga»!

Sardor RahimxonO’tgan yilning kuz oyida estradamizning nomdor xonandasi, «Nihol» mukofoti sovrindori, «M&TVA 2006″ taqdirlash marosimida «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» nominatsiyasida g’olib bo’lgan Sardor Rahimxonning «Seni asragayman» deb nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tgan edi. Ushbu konsertda ijro qilingan ilk tarona «Yo, Rab» konsertga tashrif buyurgan muxlislar qalbidan chuqur joy egallagandi…Boborahim Mashrab g’azali va Bobur Umarov musiqasi bilan yaratilgan ushbu qo’shiqqa rejissor Sherzod Rahmatullaev va klipmeyker Rustam Murodov tomonidan klip ishlanmoqda. Ayni damgacha klip uchun scenariy tayyor. Darvoqe, yaqinda prem’era tarzida namoyish qilingan «Agar-agar» taronasiga yaratilgan multfilm klip esa yilning eng shov-shuvli klipiga aylanmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *