Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Iyun, 2009

Sardor Rahimxon Koreya jurnalida… (+ fotofakt)

Sardor RahimxonO’zbek estradasida o’zining yaratgan ijod namunalari bilan xalqimiz orasida mashhur bo’lgan Sardor Rahimxon bir qancha vaqt muqaddam «O’zbekiston Madaniyati va San’ati Forumi» Jamg’armasi tomonidan Koreya Respublikasida o’tkazilgan «O’zbekiston Madaniyati kunlari»da ishtirok etgan edi. Koreyaning nufuzli jurnallaridan birida aynan Sardor Rahimxon haqidagi maqola bosib chiqarildi…

Sardor Rahimxon: «Ushbu davlat ahamiyatiga ega bo’lgan tadbirda, O’zbekistondan aynan men ishtirok etganimdan bag’oyatda hursandman»,-degan edi. Hozir esa ushbu jurnalni e’tiboringizga havola qilamiz. Darvoqe, ayni kunlarda Sardor Rahimxon Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Dmitriy Malikov tomonidan yaratilgan «Ti dlya menya» taronasi uchun klip suratga olmoqda. Klip va qo’shiq haqidagi boshqa to’liq ma’lumotlar bilan tez orada portalimiz orqali tanishib olishingiz mumkin.

Sardor Rahimxon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *