Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Sardor Rahimxon konsertidan eksklyuziv fotoreportaj!!!
7 Fev, 2014

Sardor Rahimxon konsertidan eksklyuziv fotoreportaj!!!

Sardor Rahimxon 2014 konsertO’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon bir necha yillik tanaffusdan so’ng va nihoyat 2014-yilda o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Xonanda bu konsertni o’zi ham orziqib kutganini yashirib o’tirmadi. Quvonch ko’z yoshlari Sardorni bu kecha tark etmadi…

Estradamiz yulduzi Sardor Rahimxonning konsert dasturiga tashrif buyurgan minglab tomoshabinlar haqiqiy madaniy xordiq oldilar, deb bemalol ayta olamiz. Zero, konsert dasturi juda ham qiziqarli tarzda o’tdi. Sardor ushbu konsert dasturiga ancha vaqt tayyorgarlik ko’rdi va mana shu kunlarda konsert dasturini taqdim etishga muyassar bo’ldi. Konsertdan 22ta tarona o’rin egallagan bo’lib, ularning orasida bir necha yillik tarixga ega bo’lgan hit taronalar ham, yangi qo’shiqlar ham bor edi. Har bir tarona muxlislar va tashrif buyurgan yulduzlar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi. Konsertning ilk kuniga mehmon san’atkorlar va taniqli shaxslardan Nasiba Abdullaeva, Ozodbek Nazarbekov, Doston Ubaydullaev, Davron Ergashev, Abdurashid Yo’ldoshev, Shahzoda Muhammedova, «Benom» guruhi, Yodgor Nosirov, Jamshid Xojiniyozov, Alisher Fayz, Munisa Rizaeva, Ziyoda, Umidaxon va boshqalar tashrif buyurishdi. Konsertga oid yana boshqa ma’lumotlarni keyingi yangiliklarimizda ma’lum qilib o’tamiz. Hozircha esa konsertning ilk kunida bizning hamkorimiz mohir fotosuratchi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qiling!

G'ayrat Video

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 242 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *