Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Okt, 2008

Sardor Rahimxon: Konsert dasturimning ilk kunida…

Sardor RahimxonBir necha soat ilgari iste’dodli xonanda Sardor Rahimxon o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislar hukmiga havola etdi. Konsertning birinchi kuni juda ko’plab kutilmagan voqealarga boy bo’ldi,-desak aslo adashmagan bo’lamiz. «Seni asragayman» deb nomlangan ushbu konsert dasturini Xalima Ibragimova hamda Shukrullo Isroilovlar olib borishdi. Konsert tafsilotlari va fotosuratlar bilan tanishmoqchi bo’lsangiz, hoziroq maqolaning davomini o’qing…

Dastavval Sardor Rahimxon ustoz san’atkorlarning duolarini oldi. Avvaliga Lutfulla Sa’dullaev, so’ngra ustozlari Iqbol Muhammadjonov va Oybek Alievlar unga oq fotiha berishdi. Konsert odatdan 5 daqiqa kech, ya’ni 19:05da boshlandi. Sahnaning markazida oppoq libosda Sardor Rahimxon «Yo rab» taronasi bilan namoyon bo’ldi va konsert dasturi boshlandi. Konsert dasturiga Sardorning do’sti Ulug’bek Rahmatullaev isitmasi yuqoriligiga qaramasdan tashrif buyurib, do’sti bilan yelkama-yelka harakat qildi va o’z navbatida konsertda «Sen ketding» taronasi bilan ishtirok etdi. Sardor bir nechta taronalarni ijro etganidan so’ng, sahnaga boshlovchilar Shukrullo Isroilov hamda Xalima Ibragimovalar chiqib kelishdi. Ular konsert dasturini rasman ochiq deb e’lon qilishganidan so’ng, konsertning asosiy qismiga o’tildi. Konsertda 20dan ortiq qo’shiqlar ijro etildi. Sahna bezaklarida kuz faslini eslatib turuvchi elementlardan foydalanilgan edi. Shuningdek, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ozodbek Nazarbekov kelib zar chopon kiyidirib, Sardorning bugungi yutug’i bilan chin dildan tabrikladi. Undan tashqari, xonanda Alisher Fayz ham tashrif buyurib, o’zining dil tilaklarini bildirdi. Konsert dasturida Sardor Rahimxonning ikkita Ja’far va Mustafo ismli shogirdlari ham o’zining ilk qo’shiqlari bilan katta sahnaga ilk marotaba ko’tarilishdi. Sardorning yaqin hamkori Rossiyaning mashhur xonandasi Dmitriy Malikov ham ilk yakkaxon konsert dasturi bilan qutladi va Sardorning kelajakdagi ishlariga omad tiladi. Umuman olganda, yakkaxon konsert barcha yoshdagi tomoshabinlarga mo’ljallangan bo’lib, turli yo’nalishdagi kuy-qo’shiqlar va raqslar ijro etildi. Aytish mumkinki,  konsertni tomosha qilib, hech ham zerikmaysiz. Sardorning barcha muxlislari ko’tarinki bir kayfiyatda san’at saroyini tark etishdi.

P.S.: Tez orada ilk yakkaxon konsert dasturida tushirilgan barcha fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Hozircha hamir uchidan patir.

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *