Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 May, 2009

Sardor Rahimxon Janubiy Koreyaga yo’l oldi!

Sardor RahimxonEstradamizning nomdor vakillaridan biri, xalqimizning sevimli san’atkori Sardor Rahimxon, har doim muxlislari uchun yangidan-yangi taronalar yaratishdan hech ham charchamaydi. Ammo bugun uning yangi taronalari haqida emas, balki Janubiy Koreya respublikasiga uyushtirilayotgan gastrol safari haqida to’xtalib o’tamiz…

14 maydan e’tiboran Janubiy Koreya respublikasida O’zbekiston Madaniyati va San’ati Forumi jamg’armasi tomonidan «O’zbekiston Madaniyati kunlari» o’tkaziladi. Ushbu davlat e’tiboriga molik tadbir 6 kun mobaynida davom etadi. Ushbu tadbirda Sardor Rahimxon ham ishtirok etishi bu u yerda yashayotgan o’zbek qadrdonlarimiz uchun juda unutilmas voqeadir. Sardor Rahimxonning boshqa yangiliklari bilan esa, tez orada portalimiz orqali bilib olishingiz mumkin. Portalimizni kuzatib boring va barchasiga o’zining birinchilar qatorida guvoh bo’ling!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *