Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Mart, 2010

Sardor Rahimxon hamkorlari bilan nega ishlamadi?

Sardor RahimxonAvval xabar berganimizdek, estradamizning yorqin yulduzi Sardor Rahimxon «O'zim yor-yor aytay to'yingda» nomli qo'shig'iga klip suratga olgan edi. Endilikda u Navro'z bayramida ijro qilgan «Akangga boq» qo'shig'i uchun ham klip olmoqda. Ammo klip rejissorlari Rustam Murodov va Mirmaqsud Oxunov emas! Nima sababdan Sardor Rahimxon doimiy hamkorlaridan voz kechdi?

Sardor Rahimxonning «Akangga boq» nomli taronasiga ishlangan klipning rejissori Sarvar Isaev. Eslatib o'tamiz, Sarvar Isaevning ilk rejissorlik ishi bu Sardor Rahimxonning shogirdi Humoyun Mirzoning «Telba» nomli taronasiga ishlangan klipdir. Ushbu klip Sardor Rahimxonga juda yoqqani uchun ham «Akangga boq» taronasi uchun aynan Sarvar Isaevga klip suratga oldirmoqda. Klip hazilomuz tarzda yaratilmoqda. «Akangga boq» taronasining so'zi Ohunjon Hakimov yozgan bo'lsa, musiqasini Iqbol Muhammadjonov bastalagan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 96 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *