Sardor Rahimxon hamkorini o'zgartirdi!
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon tomonidan ijro etilgan va juda katta qiziqish bilan kutib olingan «Eyforiya» qo'shig'iga rejissor Yodgor Nosirov tomonidan klip suratga olinmoqda… Lekin…
Eslatib o'tamiz, Sardor Rahimxon deyarli barcha taronasiga Rustam Murodov bilan hamkorlikda klip suratga olar edi. O'z-o'zidan savol tug'iladi! Nega endi 5 yillik hamkori Rustam Murodov emas, balki Yodgor Nosirov?! Darvoqe, hozirda «New Star» Media prodyuserlik markazi 1 haftalik ta'tildan so'ng, yana qizg'in ijodga kirishgan.