Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Sardor Rahimxon gastrol-konsertlari boshlandi!!!
19 Avg, 2014

Sardor Rahimxon gastrol-konsertlari boshlandi!!!

Sardor Rahimxon Norin tumanidaO’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon Namangan tumanlari bo’ylab o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. 18-19-20-21-22-23 avgust kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan konsert dasturlarining birinchisi juda ham yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Sardor Rahimxon o’z gastrol-konsertlarini birinchisini Norin tumanidan boshladi. Norin tumani markaziy stadionida bo’lib o’tgan konsert dasturini tomosha qilish uchun 7 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyurishdi. Konsert dasturi juda ham yuqori kayfiyatda o’tdi, deb bemalol ayta olamiz. Konsert davomida Sardor Rahimxon o’zining «Malikam endi qara» hamda «Do’st» taronalarini 3 martadan kuylashiga to’g'ri keldi. Nega deysizmi? Chunki stadionga tashrif buyurgan muxlislarning talab va takliflari mana shunday bo’ldi-da… Konsert dasturida Sardor Rahimxon yosh umidli xonanda Muzaffar Mirzarahimovni ham olib chiqdi. Konsertdan olingan bir qator fotosuratlar quyida siz azizlar hukmingizga havola qilinmoqda. Marhamat, tomosha qiling!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 228 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *