Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Apr, 2012

Sardor Rahimxon endi avtomobil boshqaradi!

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragimO'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, xalqimizning sevimli san'atkori Sardor Rahimxonning shu paytgacha avtomobil boshqarishni bilmasligi hammaga ma'lum. Bu haqda Sardorning o'zi ham bir necha bor gapirib o'tgan. Kuni kecha esa shahrimiz markazidagi so'lim ko'chalarda Sardor Rahimxonning avtomobil boshqarib ketayotganini kuzatish mumkin edi. Bu albatta biz uchun kutilmagan holat. Har holda avtomobil boshqarishni bilmaydigan inson rulga o'tirsa havotir olasan kishi.

Biroq, havotirga o'rin yo'q. Haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lgan Sardor yangi klipida ilk bora o'zi avtoulovni boshqardi. Mashhur «Eyforiya»ning davomi bo'lmish «Sog'indi yuragim» taronasiga ishlangan klipda siz ham bunga guvoh bo'lishingiz mumkin. Eldor Qayumov hamda Malik Qodirovlar yozgan ushbu taronaga Jasur Shametov trek-syujet janrida klip suratga oldi. Har doimgidek muxlislarni hayron qoldirishga odatlangan Sardor Rahimxon ko'rib turganingizdek mutlaqo yangicha obrazda. Qolaversa, Sardor ushbu yildan boshlab yangi imidjmeyker Mahmud O'rozboev bilan hamkorlik boshlagan, bu ushbu jarayonning ilk natijalari. 2012 yilgi Sardor Rahimxonning yangi fotojamlamasi ham aynan mana shu ijodkorning ishi. Hozircha e'tiboringizga «Sog'indi yuragim» taronasiga klip ishlash jarayonidan fotoduratlarni taqdim etamiz.

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim

Sardor Rahimxon - Sog'indi yuragim


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 105 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *