Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Sardor Rahimxon «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» festivalida!!!
4 May, 2015

Sardor Rahimxon «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» festivalida!!!

NavoiydaBizbuyukyurtfarzandlarimiz16Sardor Rahimxon va bir guruh o’zbek estradasi yulduzlari yurtimiz bo’ylab davom etayotgan «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» festivali doirasida Navoiy shahrida bir necha kundan buyon turli tadbir va konsertlarda ishtirok etishmoqda. Mana bugun festivalning yakuniy kuni bo’lib o’tdi.

Navoiy shahrining barcha tumanlarida 3 kun davom etgan mazkur festival davomida tushirilgan bir qator fotosuratlarni sizlarga taqdim etar ekanmiz, festivalda Sardor Rahimxon bilan bir qatorda Manzura, Oybek va Nigora, Mirzabek Azizov, Farruh Komilov, Umidaxon, «Ummon» guruhi, «Diyor» guruhi, Feruza Sobitova, Samandar Hamroqulov, Tesha Mo’minov kabi o’zbek estradasi va kino olami yulduzlari ham ishtirok etishganliklarini ma’lum qilib o’tamiz. Festivalning yakuniy qismida katta gala-konsert ham bo’lib o’tdi. Konsertni tomosha qilish uchun 50 mingdan ziyod muxlislar tashrif buyurishganligini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 717 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *