Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Iyul, 2006

Sardor Rahimxon bilan diydorlashuv

Sardor RahimxonKuni kecha www.shou-biznes.uz saytining navbatdagi on-line video konferensiyasi bo’lib otdi. Xabaringiz bor, uchrashuvga ko’pchilikning talab va istaklariga binoan Sardor Rahimxonni taklif etgan edik. O’zining “Ishonmasman” taronasi ila barchaning ko’ngliga birdek yo’l topa olgan bu xonanda, haqiqatdan ham serqirra iste’dod egasi eganligini yana bir bor ko’rsata oldi. Chunki, u nafaqat qo’shiqchilik san’atida, balki boshqa ko’plab ijod sohalarida ham o’zini namoyon qilib kelmoqda. Uning radio va kinodagi faoliyati ham bunga misol bo’la oladi. Konferensiya qatnashchilari aynan shu mavzular bilan bog’liq savollarni bevosita Sardorga berib, u bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo’ldilar va savollarining bariga javob oldilar.

Fotosuratlarni ko’rishBundan tashqari, qo’shiqchi eng qiziq savol mualliflariga atab sovg’a ham olib kelgan ekan. Uning dastxati va rasmi aks etgan devoriy suratlar o’z egalarini topdi. Jonli suhbatgina emas, balki jonli ijro ham muhlislar hukmiga havola etildi desak mubolag’a bolmaydi. Darvoqe, Sardorning “SMS” filmiga soundtrack sifatida yaratilgan “Yorim bo’lsang” taronasi ham sayt bazasidan joy egallagan, ko’chirib bahra olishingiz mumkin. Shuningdek, on-line intervyu chog’ida suratga tushirilgan fotolar «Fotogalereya» sahifasidan o’rin olgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *