Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Avg, 2012

Sardor Rahimxon albomi endi iTunesda!!!

Sardor Rahimxon iTunesda!!!Butun dunyo tan olgan internet marketdan endilikda sevimli yulduzimiz Sardor Rahimxonning albomlari ham o'rin egalladi. iTunes internet marketi Apple kompaniyasiga tegishli bo'lib, mazkur internet magazindan iPhone, iPad, iPod, iMac kabi dunyoning yetakchi texnikalari egalari o'zlariga kerakli musiqa-qo'shiqlarni, dastur va o'yinlarni harid qilishadi.

Endilikda Sardor Rahimxonning albomi ham aynan iTunes sahifalaridan o'rin oldi. Bu kabi yutuqqa o'zbek estradasining faqatgina sanoqli yulduzlari erishgan holos. Demak, biz Sardor Rahimxonni bemalol muborakbod etishimiz mumkin. U dunyo tan olgan yulduzlar qatoridan joy olmoqda. Hozircha iTunesdan Sardor Rahimxonning 4ta albomi o'rin olgan: «Arazingiz», «Seni asrayman», «Hayot» va «Zora». Ishonamizki, kelajakda Sardor bundan ham yuksak natijalarni ko'rsatib, yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitadi. Quyida Sardor Rahimxonning iTunesdagi maxsus sahifasiga yo'llanmani keltiramiz marhamat!

Sardor Rahimxonning iTunesdagi sahifasi

Sardor Rahimxon iTunesda!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 81 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *