Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Avg, 2011

Sardor Parizoda bilan «nima uchun» urushib ketdi?

Sardor Rahimxon - Nima uchun

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon Mustaqilligimizning 20 yilligiga bag'ishlab yana bir katta prem'erani muxlislarga hozirlamoqda. Qoraqalpoqcha «Ko'nglum sendedur» taronasidan so'ng endi navbat yangi klipga. Iste'dodli klipmeyker Narimon Sultonxo'jaev bilan ilk marotaba hamkorlik qilayotgan Sardor Rahimxonni siz umuman kutilmagan holatda, komedik rolda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Eng qiziqarlisi Sardor Rahimxon bu klipini o'zbek estradasi uchun yangi janr myuzikl janrida suratga olishga ahd qildi. Odatda biz Sardorni faqat qo'shiq aytishini ko'rganmiz, bu gal Sardor, o'zi bosh qahramon rolini ijro etib, ham qo'shiq kuyladi. Parkentning «So'qoq» qishlog'ida bo'lib o'tgan suratga olish jarayonida 30 kishidan oshiq ijodiy guruh qatnashgani bizni hayratga soldi. Ahir 30 kishi bilan kino olsa bo'ladi. Siz sevgan aktyorlar To'ti Yusupova, Murod Rajabov, Muqaddas Holiqova, Mahfuza Bobotillaeva, Alisher Uzoqov, Parizoda, Botir Muhammadxo'jaev, Sherzod Bin, «Bayon» guruhidan Oybek, «Tomosha» guruhi va boshqalar klipda turli hil komedik rollar ijro etishdi. Jazirama yozning quyoshli kunlaridan birida bo'lib o'tgan ish jarayonida butun qishloq ahli qatnashgani ham e'tiboriga sazovor. Xullas Sardor Rahimxonning «Nima uchun» deb nomlangan yangi qo'shig'iga suratga olingan klipning yaqin kunlarda taqdimotini kuting. Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Oxunjon Hakimov so'zi bilan ijro qilingan ushbu tarona keyingi hafta radio to'lqinlar uzra yangray boshlaydi. Bayramga munosib sovg'a.

Ha aytgancha quyidagi fotosuratlarda bir qator savollarga javob olish istagi tug'iladi: «Nima uchun Sardor Rahimxon Parizoda bilan urushib ketdi?», «Nima uchun va kim Sardor Rahimxonni daraxtga boylab qo'yadi?», nima uchun, nima uchun degan savollar juda ko'p. Shu o'rinda yana bir savol tug'iladi, «Nima uchun biz «Nima uchun» klipini ko'rmasdan bu savollarga javob topishimiz kerak?»… Demak, «Nima uchun» klipida barcha savollarga javob topamiz.

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun

Sardor Rahimxon - Nima uchun


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 279 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *